23:36 / 28.02.2024
160

Vengriyada uchdan ortiq farzandi bor ayollar soliqdan umrbod ozod qilinadi

Vengriyada uchdan ortiq farzandi bor ayollar soliqdan umrbod ozod qilinadi
Foto: everymum.ie
Vengriyada ayollar to‘rt yoki undan ortiq farzandi bo‘lsa, umrbod soliqdan ozod qilinadi. Bu 2015 yilda boshlangan iqtisodiy rag‘batlantirish paketining bir qismi bo‘lib, ayollarni ko‘proq farzand ko‘rishga undaydi. Bu haqda The National News xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, imtiyozlar qatoriga uy-joy bo‘yicha yordam, foizsiz kreditlar va ipoteka chegirmalari ham kiradi. 2020 yil fevral oyidan boshlab Vengriyada bepul sun’iy urug‘lantirish yoki EKO usuli yo‘lga qo‘yilgan.

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tug‘ilish darajasini mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan masala deb e’lon qildi. Vengriyada, boshqa ko‘plab rivojlangan mamlakatlar singari, aholi soni kamayib bormoqda, tug‘ilish darajasi har bir ayolga atigi 1,45 bolani tashkil etadi, bu aholi sonini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan 2,1 dan ancha past.

Yechimlardan biri immigratsiya, ammo Orban buni Vengriya uchun ekzistensial tahdid sifatida rad etadi.

Immigratsiya kapitulyatsiya demakdir”, — dedi u. Vazir “Vengriya bolalarini” xohlashi va yechim “immigratsiya emas, balki tug‘ilish” ekanini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo