Foto: Telegram
Kanadaning Vankuver shahridan Londonga uchayotgan Air Canada aviakompaniyasining Boeing 777-300 yo‘lovchi samolyotini chaqmoq urdi. Bu haqda CBC xabar berdi.
Samolyot Kanada xalqaro aeroportidan momaqaldiroq paytida havoga ko‘tarilayotganda yashin urgan. Parvozni tasvirga olayotgan voqea guvohi tasodifan uni videoga muhrlagan. Favqulodda vaziyat 3 mart kuni sodir bo‘lgan, biroq chaqmoq urgan tasvirlar endi tarqalmoqda. Samolyot bortida 550 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Boeing 777-300 hodisa oqibatida Londonga parvozini davom ettirgan.
“Mahalliy uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, avialaynerga o‘rnatilgan maxsus chaqmoqni o‘chirish tizimi tufayli fojianing oldi olindi”, — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi