Surxondaryoda qaynota keliniga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

Surxondaryoda qaynota keliniga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

Surxondaryoda erkak keliniga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Sud ishni ko‘rib chiqib, erkakka 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak keliniga nisbatan nomaqbul gaplar aytgan va uning roziligisiz jismoniy yaqinlashishga uringan. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, bunday holat bir necha marta sodir bo‘lgan.

Ayol voqealardan birini videoga olgan. Uning bildirishicha, dastlab oilasi buzilmasligini o‘ylab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmagan.

Jabrlanuvchi keyinchalik holat yuzasidan tegishli tartibda murojaat qilgan.

Sud majlisida jabrlanuvchi va guvohning ko‘rsatmalari, videoyozuvlar, ariza, tushuntirish xatlari hamda boshqa dalillar o‘rganilgan.

Sud ushbu dalillar asosida erkakning aybi isbotlangan degan xulosaga kelgan. Natijada erkak sud qarori bilan 3 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar