Foto: Google Images
Daniya poytaxti Kopengagenda moslashuvchan ish haftasi tajribadan o‘tkaziladi. Ba’zi bo‘limlarning ayrim xodimlari odatdagi besh kunlik emas, balki to‘rt kunlik ish haftasini tanlashlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Kopengagen meri Sofi Xestorp Andersen ma’lum qildi.
“Munitsipalitet sifatida biz Kopengagen aholisiga eng yaxshi xizmatni taqdim etishimiz kerak. Ish va dam olish o‘rtasida muvozanatni yaratish uchun hamma narsa qilishimiz kerak, chunki bu o‘z ishidan qoniqish va yangi xodimlarni jalb qilish uchun muhimdir. Shuning uchun biz moslashuvchan ish haftasi tajribasini boshlaganimizdan juda mamnunman.
Biz professional tashkilotlar bilan yaqindan ishlayapmiz va men bu tajribani nazorat qilishni intiqlik bilan kutyapman”, — dedi u.
Yangi ish haftasini sinab ko‘rish imkoniyati beriladiganlar ishni tashkil etishning turli modellaridan foydalanishlari kerak. Masalan, ish kunlarining qisqarish bilan bir vaqtda ish vaqtini ko‘paytirish yoki belgilangan bo‘sh kunlar bilan bir xil ish vaqtini saqlab qolish shular jumlasidandir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga oʻzini qutqarishning noodatiy usulini taklif qilishdi
Frontdagi vaziyat: Toresk ham ruslar qoʻliga oʻtmoqda, Konstantinovkaga xavf yaqinlashmoqda
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi