Foto: Senat matbuot xizmati
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari bilan hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni ta’minlash, shuningdek, ekologik muammolar, jumladan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning BMT bilan o‘zaro aloqalari tobora kengayib borayotgani, iqtisodiyot, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, ekologiya, madaniyat va ta’lim yo‘nalishlaridagi hamkorlikning samarali natijalari alohida qayd etildi.
O‘zbekiston BMT doirasida jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilishga amaliy hissa qo‘shayotgan tashabbuslarni ilgari surib kelayotgani qayd etildi.
Foto: Senat matbuot xizmati
Guterrish Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi ijobiy holatida O‘zbekistonning muhim roliga alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari bilan Markaziy Osiyo bugun ahil-inoq yashamoqda, mamlakatlar barcha sohalarda jadal hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston tashabbusi bilan mintaqa ayollari ham faoliyati ishonchli qo‘llarda bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining noyob muloqoti doirasida birlasha oldi”, – degan u.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston tashabbuslarini xalqaro maydonda ilgari surish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga doir aniq takliflarni qo‘llab-quvvatlashda BMT bilan konstruktiv hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Samimiy va amaliy ruhda kechgan muloqot yakunida O‘zbekiston va BMT o‘rtasida barcha sohalarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi