Foto: “TASS”
Armanistonda qurollangan uch fuqaro Yerevan shahridagi Nor-Nork politsiya boshqarmasi binosiga bostirib kirishga urindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da sodir bo‘lgan. Qurollangan shaxslar granatadan foydalangan. Natijada ularning ikki nafari tan jarohati olib, tibbiy muassasaga olib ketilgan.
Politsiya bo‘limiga hujum qilgan uch nafar shaxsdan biri esa qo‘lga olingan.
“Politsiya bo‘limiga hujum qilganlarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya davomida maxsus kuchlardan hech kim jabrlanmadi”, — deya xabar bermoqda Armaniston IIV.
OAVning yozishicha, “Jangovar birodarlik” tashkiloti a’zolari politsiya bo‘limiga bostirib kirgan, 24 mart kuni ertalab ularning 50 ga yaqin a’zosi noqonuniy qurol saqlashda gumonlanib hibsga olingandi. “Jangovar birodarlik” tashkiloti voqeaga aloqadorligini rad etgan.
"Biz har qanday shakldagi terrorchilik harakatlarini qoralaymiz va faqat qonun doirasida faoliyat yuritamiz", — deyiladi tashkilot bayonotida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”