Arxiv foto: Al Jazeera
AQSHning Kiyevdagi elchisi Brijit Brink Rossiya Ukraina poytaxtini gipertovushli raketalar bilan nishonga olganini ma’lum qildi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
“Kiyevda kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. So‘nggi 5 kun ichida Rossiya suveren davlatga qarshi yuzlab raketa va dronlarni uchirdi. Ukraina hozir bizning yordamimizga muhtoj. Yo‘qotadigan bir lahzamiz ham yo‘q”, — deyiladi AQSH rasmiysi xabarida.
Manbada aytilishicha, gipertovushli raketalar Kiyevning strategik muhim nuqtalariga yo‘naltirilgan. Qurbonlar soni va yetkazilgan zarar ko‘lami hali ochiqlanmagan.
Shuningdek, Ukraina hududiga Qrimdan ham raketa hujumi boshlangan. Ukraina havo kuchlari Rossiya tomonidan bosib olingan Qrim yarimoroli tomonidan o‘nlab raketa uchirilishlarini qayd etgan. Raketalardan ikkitasi urib tushirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”