17:23 / 31.03.2024
171

Turkiyada ISHIDga aloqadorlikda gumon qilingan 50 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

Turkiyada ISHIDga aloqadorlikda gumon qilingan 50 dan ortiq kishi qo‘lga olindi
Foto: Google Images
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ISHID terrorchilik guruhiga a’zolikda gumon qilingan 51 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

21 viloyatda ISHIDga qarshi o‘tkazilgan to‘rt kunlik operatsiya natijasida 51 kishi qo‘lga olindi”, — dedi vazir.

Operatsiyalar Istanbul va Antaliyada amalga oshirildi. Tintuvlar chog‘ida terrorchilik guruhlariga tegishli ko‘plab hujjatlar olib qo‘yildi.

Vazir avvalroq 2023 yil 1 iyundan 25 martgacha ISHID bilan hamkorlikda gumon qilingan 2,9 mingdan ortiq kishi ushlangani, ulardan deyarli 700 nafari hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Shunga o‘xshash operatsiyalar Turkiyada muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Avvalroq Hurriyet gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Anqara Moskva yaqinidagi Crocus City Hall binosiga hujum qilganlar haqidagi ma’lumotlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqani, Turkiya orqali Moskvaga kelgani aniqlangan terrorchilar bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar haqida Moskvani xabardor qilayotgani va axborot almashinuvini kengaytirishga tayyorligi haqida xabar bergan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo