00:23 / 16.04.2024
345

Zelenskiy G‘arbdan Ukrainani xuddi Isroildek himoya qilishni so‘radi

Zelenskiy G‘arbdan Ukrainani xuddi Isroildek himoya qilishni so‘radi
Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy G‘arb ittifoqchilariga murojaat qilib, mamlakatni yangi havo mudofaa tizimlari bilan ta’minlashni so‘radi.

G‘arb davlatlarining harakatlariga misol sifatida u yaqinda Eronning Isroilga hujumini keltirdi, bu vaqtda Isroilning o‘zi ham, uning ittifoqchilari - AQSH va Buyuk Britaniya kuchlari tomonidan raketalar va uchuvchisiz samolyotlar urib tushirilgan edi.

«Ittifoqchilarning qat’iy harakatlari terror muvaffaqiyati va infratuzilmani yo‘qotishning oldini oldi va tajovuzkorni sovib qolishga majbur qildi. Isroil kabi NATO a’zosi bo‘lmagan Ukrainani terrordan himoya qilishda ham shunday yo‘l tutish mumkin. Buning uchun esa 5-moddani faollashtirish shart emas, faqat siyosiy iroda yetarli», deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.

Ukraina yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, Kiyev ittifoqchilardan havo hujumidan mudofaa tizimlari taqdim etgani uchun minnatdor, biroq Rossiya zarbalarining shiddati ko‘proq narsani talab qiladi.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron, o‘z navbatida, London Kiyevga Quddusga ko‘rsatgan yordamni ko‘rsatmasligini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, agar Britaniya harbiy-havo kuchlari Ukraina uzra uchuvchisiz samolyotlar va raketalarni urib tushirishni boshlasa, bu Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvga va mojaroning kuchayishiga olib keladi.

14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroil tomon 300 dan ortiq dron, qanotli va ballistik raketalarni uchirdi. Eron harbiy nishonlarining 99 foizidan ortig‘i Isroil tomonidan urib tushirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy G‘arbdan Ukrainani xuddi Isroildek himoya qilishni so‘radi