08:26 / 19.04.2024
243

Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak”

Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak”
Foto: Google Images
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina harbiy xizmatchilarni safarbar qilish uchun zarur bo‘lgan qarorlarni mustaqil ravishda qabul qila olishini aytdi.

U ittifoqchilar Ukraina Qurolli kuchlari saflarini to‘ldirishda qanday yordam bermoqchi, degan savolga shunday javob berdi. Shu bilan birga Stoltenbergning fikriga ko‘ra, Ukraina hamkorlari zarur qurol-yarog‘larni yetkazib berishi va ta’minotni maksimal darajada oshirishi kerak.

"NATO ittifoqchilari hozirgidan ko‘ra ko‘proq yordam ko‘rsatish orqali vositalarni taqdim etishlari mumkin. Harbiylarga kelsak, Ukraina buni o‘zi ta’minlashi kerak. Ukrainada harbiy xizmatga chaqirilish yoshini uzaytiruvchi yangi qonun qabul qilindi. Ishonchim komilki, Ukraina kerakli miqdordagi odamlarni safarbar qilish uchun zarur qarorlarni qabul qiladi", — dedi Stoltenberg G7 tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi oldidan qilgan bayonotida.

Yens Stoltenbergning qayd etishicha, NATO davlatlari Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berish hajmini oshirishga e’tibor qaratmoqda. Xususan, alyans a’zolari Ukraina rasmiylari so‘roviga ko‘ra Patriot zenit-raketa komplekslarini yuborish ustida ishlamoqda.

"Biz ittifoqchilar bilan ular o‘z tizimlarini Ukrainaga qayta joylashtirishlarini ta’minlash uchun ishlayapmiz. Shuningdek, Ukrainada havo mudofaa tizimlarini joylashtirishni moliyalashtirish uchun mablag‘larni safarbar qilish yo‘llarini ishlab chiqmoqdamiz", — dedi NATO bosh kotibi.

2 aprel kuni Ukraina prezidenti safarbarlik yoshini 27 yoshdan 25 yoshga tushirish to‘g‘risidagi qonunni, 16 aprelda esa safarbarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

2024 yil yanvarida Vladimir Zelenskiy armiyada jami 880 ming kishi xizmat qilishini ma’lum qilgan edi. Mudofaa vazirligi yana 500 mingga yaqin erkakni safarbar qilish iltimosi bilan hukumatga murojaat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak”