09:55 / 29.04.2024
159

Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi

Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi («GUR») ma’lumotlariga ko‘ra, 29 aprel, dushanbaga o‘tar kechasi Telegram platformasi rahbariyati «Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasiga qarshi kurashgan bir qator rasmiy botlarni asossiz ravishda bloklab qo‘ygan». Aniqlik kiritilishicha, «Asosiy razvedka boti» kutilmaganda bloklangan. «Bu Telegram rahbariyati ochiq e’lon qilgan qoidalar va ommaviy bayonotlarga zid ravishda sodir bo‘ldi», deyiladi «GUR»ning Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.

Ukraina razvedkasi, shuningdek, ularning asosiy boti bloklanganiga qaramay, foydalanuvchilarning barcha shaxsiy ma’lumotlari xavfsiz ekanligi haqida xabar berdi. Shu bilan birga, «GUR» foydalanuvchilarni «dushman o‘xshash nomli botlarni yaratayotgani» haqida ogohlantirdi va ularni boshqa platformalarda botni qayta tiklash vaqtida potensial soxta botlarga shaxsiy ma’lumotlarni joylashtirmaslikka chaqirdi.

Bir qator Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Telegram ogohlantirmasdan «Єvorog» botlarini, Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») rasmiy botlarini, Ukraina janubidagi koordinator botni va dronlarni kuzatish uchun havo hujumidan mudofaa botlarini bloklagan.

Durov AQSHni Telegram'da josuslik qilishga urinishda aybladi

Telegram ijtimoiy tarmog‘i asoschilaridan biri Pavel Durov avvalroq Amerika razvedka idoralarini dasturga orqa eshik vazifasini o‘taydigan va foydalanuvchilarning yozishmalariga kirish imkonini beradigan vositalarni kiritishga urinishda ayblagan edi. Qo‘shma Shtatlarga tashrifi chog‘ida unga «kiberxavfsizlik sohasidagi xodimlar yoki agentlar» tomonidan yollanmoqchi bo‘lgan Telegram dasturini ishlab chiqish bo‘yicha muhandis hamroh bo‘lgan, dedi Durov amerikalik boshlovchi Taker Karlson bilan 17 aprel kuni chop etilgan intervyusida. Karlson ular amerikalik davlat xizmatchilarimi yoki yo‘qmi, shu bo‘yicha aniqlik kirituvchi savol berganida, Durov muhandis unga yollashga urinishlarni aynan shunday tasvirlaganini aytdi.

Telegram yaratuvchisi, shuningdek, Amerika razvedka idoralari AQSHga har safari chog‘ida unga qiziqish bildirishini va savollar berishini ta’kidladi. Razvedkaning haddan tashqari e’tibori jamoani AQSHga olib ketmaslik qaroriga sabab bo‘lgan, deya qo‘shimcha qildi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi