Telegram nima sababdan App Storeʼdan vaqtincha olib tashlandi

1 daqiqa o'qish139
Telegram nima sababdan App Storeʼdan vaqtincha olib tashlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Telegram kiberjinoyatchilar uyushtirgan hujum sababli App Store'dan vaqtincha olib tashlandi va taqiqlangan kontent o'chirilgach, qayta tiklandi.
  • Pavel Durovning aytishicha, hujumchilar ommaviy kanallar va guruhlardagi eski yozuvlarni tahrirlab, sun'iy intellekt yordamida yaratilgan taqiqlangan materiallarni qo'shgan.
  • Jinoyatchilar kanal egalari pul bermasa, ularni bloklatish yoki butun ilovani do'kondan o'chirtirish bilan tahdid qilgan.

Mashhur Telegram messenjeri vaqtincha App Store doʻkonidan oʻchirib qoʻshildi va bu holat butun dunyo boʻylab millionlab foydalanuvchilar hamda ekspertlar eʼtiborini tortdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur hodisa ortidan ilova asoschisi Pavel Durov izoh berib, voqea tizimli xatolik emas, balki kiberjinatchilarning maxsus uyushtirilgan hujumi ekanini maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Maʼlum boʻlishicha, hujumchilar ommaviy kanallar va guruhlar egalarini shantaj qilish uchun murakkab sxemadan foydalanishgan. Ular yangi post eʼlon qilish oʻrniga eski yozuvlarni tahrirlab, sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan taqiqlangan kontentni sezdirmasdan qoʻshib qoʻyishgan. Post avvalroq eʼlon qilingani sababli aksariyat ishtirokchilar uni payqamagan va shikoyat qilish tizimi ham oʻz vaqtida ishlamagan.

Shantajchilar qanday usuldan foydalandi?

Pavel Durovning taʼkidlashicha, bunday harakatlarni «oʻchirish shantajchilari» uyushtirib kelmoqda. Jinatchilar yirik jamoat kanallari egalaridan pul talab qilib, taqiqlangan materiallarni joylashtirishi hamda soʻngra Apple kompaniyasiga shikoyat qilish bilan tahdid qilgan. Agar egalari talabni bajarishdan bosh tortsa, ular kanalni blokirovka qilish yoki butun ilovani doʻkondan vaqtincha oʻchirtirishga erishishga harakat qilgan.

Xavfsizlik xizmati qoidabuzarlikni aniqlagach, Telegram jamoasi darhol taqiqlangan kontentni oʻchirib tashladi va qoidabuzar foydalanuvchi akkauntini blokladi. Shundan soʻng Apple messenjetni qayta tiklab,uni yana ilovalar doʻkoniga qaytardi.

Apple yondashuvidagi tanqidiy holatlar

Telegram rahbariyati noqonuniy kontentga qarshi kurashish uchun ham avtomatik, ham qoʻlda boshqariladigan moderatsiya vositalaridan keng foydalanishini taʼkidladi. Aynan shu qatʼiy himoya mexanizmlari tufayli yovuz niyatli shaxslar himoyani chetlab oʻtish uchun borgan sari murakkab yoʻllarni izlashga majbur boʻlmoqda.

Shu bilan birga, Pavel Durov Apple kompaniyasining harakatlarini qattiq tanqid qildi. Uning fikricha, texnologiya giganti dastlab ilovani doʻkondan oʻchirib, keyingina dasturchilar bilan bogʻlangani xavfli amaliyotdir. Bunday yondashuv foydalanuvchi kontentiga ega boʻlgan boshqa yirik platformalar uchun ham xavf tugʻdirishi mumkin.

Oʻz navbatida, Apple kompaniyasi ham vaziyatga izoh berib, doʻkon qoidalarini buzuvchi materiallar aniqlangani sababli Telegram vaqtincha olib tashlanganini tasdiqladi. Taqiqlangan kontent yoʻq qilinib, qoidabuzar bloklangach, dastur bir necha soat ichida katalikka qaytarildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?