23:22 / 22.05.2024
58

Isroilning G‘azo janubiga bergan zarbalari oqibatida 62 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo janubiga bergan zarbalari oqibatida 62 kishi halok bo‘ldi
Arxiv foto: msn.com
Isroil kuchlari 22 may kuni G‘azo janubidagi aholi maskanlariga uyushtirgan hujumlar oqibatida kamida 62 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga asoslanib, xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Isroil kuchlari Rafah markazida faol hujumlar tashkil etgan. Shabura aholi punktiga tanklar kiritilgan.

Rasmiylar so‘nggi hujumlar oqibatida 62 nafar fuqaro halok bo‘lganini bildirishgan. Vayronalar ostida qolib ketgan fuqarolarni qidirish davom etayotgani bildirilgan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi hujum oqibatida 138 nafar falastinlik jarohatlanganini bildirgan. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi tibbiyot markaziga olib kelingan.

Rasmiy manbalarga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri G‘azoda Isroil harbiy amaliyotlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 709 nafarga yetgan. 79 990 nafar fuqaro jarohatlangani xabar qilingan.

BMT harbiy harakatlar sharoitida G‘azo aholisining 75 foizidan ortig‘i majburiy ko‘chirilganini bildirgan. Ko‘chirilganlarning 60 foizidan ortig‘i yig‘ilgan Rafah hududi gumanitar halokat arafasida ekani ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroilning G‘azo janubiga bergan zarbalari oqibatida 62 kishi halok bo‘ldi