12:33 / 23.05.2024
217

AQSH Raisiy o‘limiga aloqadorligi haqidagi da’volarga munosabat bildirdi

AQSH Raisiy o‘limiga aloqadorligi haqidagi da’volarga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
Tehron bortida mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatiga aloqadorlikda ayblamoqchi bo‘lsa, Vashington keskin munosabat bildiradi. Bu haqda prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan brifingda ma’lum qildi.

"Men shuni aytishim mumkinki, bizning bunga hech qanday aloqamiz yo‘q. Agar u yoki bu bosqichda Eron bizni bunga har qanday aloqadorlik uchun javobgarlikka tortishga harakat qilsa, biz buni o‘ta qattiq, to‘g‘ridan to‘g‘ri va namoyishkorona rad etamiz", — dedi u jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda tegishli masalaga to‘xtalib.

Avvalroq Politico nashri Vashington Eron rasmiylari AQSH yoki Isroilni Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatiga aloqadorlikda ayblashi mumkinligidan xavotirda ekanini yozgandi. Nashrning qayd etishicha, Vashington Tehronning reaksiyasini diqqat bilan kuzatib, mintaqaviy status-kvoni saqlab qolishga umid qilmoqda va shu bilan birga faraziy ayblovlar Isroil bilan munosabatlardagi keskinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokat oqibatida halok bo‘ldi. Mamlakat shimoli-g‘arbida Eron prezidenti va tashqi ishlar vaziri bo‘lgan vertolyot halokatga uchragandi.

Kuchli tuman va tog‘li hudud tufayli halokatga uchragan vertolyotni qidirish 10 soatdan ortiq davom etgan. Mutaxassislar fikricha, falokat texnik nosozlik yoki inson omili tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Raisiy o‘limiga aloqadorligi haqidagi da’volarga munosabat bildirdi