Medvedev: “Rossiya 'Tolibon' bilan keng ko‘lamli aloqalarni o‘rnatish arafasida”

1 daqiqa o'qish280
Medvedev: “Rossiya 'Tolibon' bilan keng ko‘lamli aloqalarni o‘rnatish arafasida”
Foto: politrussia
Rossiya Afg‘onistonda hokimiyat tepasida turgan “Tolibon” harakati bilan to‘laqonli munosabatlar o‘rnatish arafasida. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

Shu bilan birga, u so‘nggi yillarda ko‘p narsa o‘zgarganini ta’kidlagan, xususan, ilgari “Tolibon” terrorchi deb hisoblangan bo‘lsa, endi Amerika rasmiylari terrorchilarning sheriklariga aylangan.

"Yigirma yil bu — juda uzoq davr bo‘lib, bu davrda 21-asr boshida biz “Tolibon”ni terrorchi, amerikaliklarni esa ekstremizmga qarshi kurashda sherik deb bilgan edik", — deydi Medvedev.

Uning fikricha, zamonaviy Afg‘oniston hukumati konstruktiv muloqot o‘tkazishga harakat qilmoqda.

"Keling, kutamiz va kuzatamiz", — deb ishonch bildirgan Medvedev.

Medvedev, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarni terrorchilarga yordam berishda va Rossiyaga qarshi gibrid urush olib borishda ayblagan.

Rossiya TIVning Osiyo bo‘yicha vakili Zamir Kabulovning ma’lum qilishicha, Rossiya TIV va Adliya vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga “Tolibon” harakati taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan. Shuningdek, u Rossiya “Tolibon”ga Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun taklifnoma yuborganini aytgan.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish tashabbusi obyektiv voqelikni aks ettiradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?