
Foto: SBS
Avstraliya sharqida 8 iyun kuni suv to‘g‘oni toshishi oqibatida Sidney shahrining qator hududlarini suv bosdi. Bu haqda Avstraliya mahalliy nashrlari tarqatgan ma’lumotga asoslanib, Anadolu xabar berdi.
Mahalliy amaldorlar aholiga vaziyat vaqt o‘tgani sari o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qilgan. Evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish tavsiya qilingan.
Manbada aytilishicha, Sidney janubi-g‘arbidagi Varragamba suv to‘g‘onida kuchli yomg‘ir oqibatida suv toshgan. Oqibatda shaharning quyi hududlari suv ostida qolgan.
Mahalliy SBS News telekanaliga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida favqulodda vaziyatlar organlari Sidneyda 13 ta qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Fuqarolardan 297 ta favqulodda murojaat qabul qilingan.
Sidney ma’muriyati shahar shimoli-g‘arbidagi aholi hududlariga ogohlantirish yo‘llagan. Istalgan paytda evakuatsiya uchun tayyor turishni so‘ragan.
Varragamba to‘g‘onidan suv oqimi nisbatan sekinlashgan bo‘lsa-da, toshqin xavfi saqlanib qolmoqda. Yomg‘irlar to‘xtagan bo‘lsa-da, daryolar sathi sekin sur’atda pastlamoqda.
“Fuqarolar evakuatsiya qilinmagan taqdirda, biz ulardan uzoq muddatli izolyatsiyaga tayyor bo‘lishlarini so‘raymiz”, — degan hokimiyat rasmiysi Debbi Plats.
Ekologlar suv hajmi ko‘tarilgan Xoksberi daryosi sathini kuzatayotgani aytilgan. Sidneyning shimoli-g‘arbiy qismida, taxminan 5 million aholi yashaydigan hududda katta suv toshqini sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar