"Bo‘ynini 180 darajaga burgan yigit": internetda tarqalgan video ortidagi haqiqat (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda mototsiklda ketayotgan shaxs boshini g‘ayrioddiy tarzda orqaga burayotgani aks etgan video tezda tarqalib, foydalanuvchilar e’tiborini tortdi. Ayrim akkauntlar videodagi shaxs bo‘ynini 180 darajaga burishga qodirligini da’vo qilgan.
Videoni tarqatgan ayrim sahifalar uning Hindistonda tasvirga olinganini yozgan. Biroq hozircha shaxsning kimligi, video qachon va aynan qayerda olingani haqida ma’lumot mavjud emas.
Bu haqiqiy qobiliyatmi yoki kamera illyuziyasimi?
Videoni ko‘rgan ayrim foydalanuvchilar holatni g‘ayrioddiy qobiliyat sifatida baholagan. Boshqalar esa tasvir kamera burchagi, yelka va gavdaning burilishi sababli boshqacha ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Shu sababli videodagi harakatni aniq 180 darajali burilish deb baholashga hozircha asos yo‘q.































Izohlar 0
…