19:59 / 28.06.2024
124

Germaniyada xorijliklarga ta’sir qiluvchi yangi fuqarolik qonuni kuchga kirdi

Germaniyada xorijliklarga ta’sir qiluvchi yangi fuqarolik qonuni kuchga kirdi
Foto: International Business
Germaniyada yashovchi bir necha million xorijliklarga ta’sir qiluvchi yangi fuqarolik qonuni kuchga kirdi.

Qonunchilikning eng muhim yangiligi — chet elliklarning Germaniyada fuqaroligini tezlashtirish imkoniyatidir. Endilikda Germaniya pasportini olish uchun mamlakatda avvalgi sakkiz yil o‘rniga atigi besh yil qonuniy yashash kerak bo‘ladi.

Germaniya fuqaroligini olish uchun da’vogarlar, yangi qonunga ko‘ra, o‘zlarini va oila a’zolarini mustaqil ravishda ta’minlashlari va davlat ijtimoiy nafaqalariga qaram bo‘lmasligi kerak. Yaqinda ishdan ketgan va o‘tgan ikki yil ichida kamida 20 oy to‘liq ishlaganlar uchun istisnolar bo‘lishi mumkin.

Fuqarolik olishdagi cheklov “inson qadr-qimmatini kamsituvchi maqsadlarda antisemitizm, irqchilik yoki boshqa harakatlarni” sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanadi. Erkaklar va ayollar tengligini tan olmaslik hamda ko‘pxotinlilik nemis pasporti yo‘lidagi yana bir to‘siq hisoblanadi.

Bundan tashqari, fuqarolikka qabul qilingandan keyin o‘n yil ichida, agar arizachi nemis pasportini olish jarayonida yolg‘on gapirsa yoki fuqarolikka qabul qilingandan keyin antisemitizm harakatlari yoki bayonotlariga berilsa, fuqarolik bekor qilinishi mumkin.

Chet elliklarning farzandlari, agar ota-onalardan kamida bittasi mamlakatda kamida besh yil yashagan bo‘lsa, hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz Germaniya fuqaroligini oladi. Bu faqat 2024 yil 27 iyundan keyin tug‘ilgan bolalarga ta’sir qiladi.

2022 yilda 168 ming kishi Germaniya fuqaroligini olish uchun ariza topshirgan va olgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilda 200 mingdan ortiq odam fuqarolikka qabul qilinganda yangilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada xorijliklarga ta’sir qiluvchi yangi fuqarolik qonuni kuchga kirdi