21:46 / 07.07.2024
332

Superkompyuter Yevro—2024 g‘olibligi asosiy nomzodni aniqladi

Superkompyuter Yevro—2024 g‘olibligi asosiy nomzodni aniqladi
Opta talqiniga ko‘ra Yevro—2024 favoritlari Ispaniya va Fransiya terma jamoalari bo‘lib turibdi.

Opta superkompyuteri Luis de la Fuente va Dide Desham jamoalarining turnirda g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini 30 foizdan baholadi. Shuningdek, Ispaniya yarim finalda raqibiga nisbatan kichik ustunlika ega bo‘lib turibdi — 51 ga 49%.

Angliyaning imkoniyati 23%, Niderlandiyaniki esa 17%. Inglizlar esa qarama-qarshilikda ham ustunlikka ega — 53 foizga 47%.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi 10 iyul kuni, Angliya—Niderlandiya bahsi esa 11 iyul kuniga belgilangan.

Hal qiluvchi bahs esa 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Turnir finali Berlindagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Superkompyuter Yevro—2024 g‘olibligi asosiy nomzodni aniqladi
ePN