
MDH davlatlari sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga to‘rt mamlakat rahbari tashrif buyurdi. Bu haqida Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining axborot bilan ta’minlash bo‘limi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko kecha kechqurun Bishkekka etib kelgan. Uni "Manas" aeroportida QR bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov kutib olgan. Bugun vazirlar mahkamasi rahbari Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni qarshi oldi.
Shuningdek mamlakatga Moldova bosh vaziri Pavel Filip ham tashrif buyurdi va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishga ulgurdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar