19:30 / 06.08.2024
523

Eron Isroilga hujum qilish oldidan Rossiyadan harbiy yordam so‘radi

Eron Isroilga hujum qilish oldidan Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
Foto: NYT
Eron Isroilga bo‘lajak hujum oldidan Rossiyadan havo hujumidan mudofaa tizimlarini so‘radi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi a’zosi bo‘lgan ikki eron rasmiysiga tayanib The New York Times xabar berdi.

Mahalliy OAV Erondan kelgan talab haqida xabar tarqatgan. NYT suhbatdoshlari bu so‘rovni tasdiqlab, Rossiya ham Eronga zamonaviy radarlar va havo hujumidan mudofaa uskunalarini yetkazib berishni boshlaganini ma’lum qilgan.

31 iyul kuni Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirilishi ortidan Eron Isroil hukumati Haniyaning o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaganiga qaramay, Isroilga “tezkor va qahrli” javob berish bilan tahdid qilgan.

Shuningdek, Eron Vengriya TIV rahbari Peter Siyarto orqali Isroilni yaqinlashib kelayotgan hujum haqida ogohlantirgan.

5 avgust kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Eronga borib, mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni Muhammad Bag‘iriy, shuningdek, Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi bilan uchrashgan edi.

Eron va Rossiya dron ishlab chiqarishda hamkorlik qilmoqda. Meduza nashriga ko‘ra, Rossiya armiyasi Ukrainaga hujum qilishda Eronda ishlab chiqarilgan Shahed dronlarini keng miqyosda qo‘llaydi. Avvaliga Eron ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib bergan bo‘lsa, hozirda ular Tataristondagi “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi hududida Eron tarkibiy qismlaridan yig‘ilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Isroilga hujum qilish oldidan Rossiyadan harbiy yordam so‘radi