Foto: Irakli Gedenidze
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili hozirda qamoqda saqlanayotgan mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini afv etishi mumkin. Bu haqda Gruziya parlamenti spikeri Shalva Papuashvili ma’lum qildi.
«Salome Zurabishvili Mixail Saakashvili tufayli lavozimda qoldi… Ular zarur deb topganda… Zurabishvili afv etish bo‘yicha hujjatni chiqaradi», — deydi Papuashvili.
U 2023 yil iyunda kamomad bo‘yicha ayblangan «Mtavari arxi» telekanali asoschisi va «Rustavi 2» telekompaniyasi sobiq bosh direktori Nikoloz Gvaramiya afv etilganini eslatib o‘tgan. Gvaramiya Saakashvili davrida adliya va ta’lim vaziri edi. U sobiq prezident 2021 yilda Ukrainadan Gruziyaga qaytganida advokatlik qilgan — o‘shanda Saakashvili bir nechta jinoiy ishlarda ayblanib hibsga olingan edi.
Papuashvilining ma’lum qilishicha, Zurabishvili uchun Saakashvilini ham afv etish «qiyinchlik tug‘dirmaydi». Gvaramiya bilan bog‘liq vaziyatda prezident tashqaridan, xususan, Yevropa Ittifoqi bosimi ostida afv etish bo‘yicha qaror qabul qilgan.
Saakashvili 2004 yildan 2013 yilga qadar mamlakatni boshqargan, keyin esa Gruziyadan chiqib ketgandi. Unga nisbatan bir nechta, jumladan, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish, hokimiyatni suiiste’mol qilish va parlamentariyni kaltaklash bo‘yicha jinoiy ish ochilgan; u fuqarolikdan ham mahrum etilgandi.
Shundan so‘ng Saakashvili Ukraina fuqaroligini olgan. 2015-2016 yillar davomida Odessa administratsiyasida faoliyat yuritdi, biroq 2017 yilda Ukrainaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Pyotr Poroshenko uni fuqarolikdan mahrum etdi. Ukrainaning yangi yetkachisi Vladimir Zelenskiy 2019 yilda Saakashviliga yana fuqarolik berdi.
2021 yil kuzida Saakashvili munitsipal saylovlar arafasi Gruziyaga qaytdi va fuqarolarni namoyishlarga chiqishga chorladi. Siyosatchi qo‘lga olinib, tergov izolatoriga yuborildi, shuningdek, unga yangi ayblov e’lon qilindi — chegarani noqonuniy kesib o‘tish.
Hibsga olinganidan keyin u bir necha bor ochlik e’lon qildi, uning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risida xabarlar berildi. 2023 yilda Tbilisi sudi Saakashvilini sog‘lig‘idagi muammolar tufayli ozod qilishni rad etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi