09:05 / 11.08.2024
172

Ukraina rahbariyati Kurskka hujumni davom ettirish uchun G‘arbdan “yashil chiroq” oldi

Ukraina rahbariyati Kurskka hujumni davom ettirish uchun G‘arbdan “yashil chiroq” oldi
Foto: Getty Images
G‘arb ittifoqchilarining ko‘pchiligiga Ukraina hukumatiga Kurskdagi janglarni davom ettirishga ruxsat bergan. Bu haqda Politico nashri xabar bergan.

Manbada aytilishicha, Ukraina harbiy qismlarining Rossiyaga qarashli Kurskka hujumi va kutilmagan muvaffaqiyatga erishishi G‘arb ittifoqchilarida frontdagi vaziyatni o‘zgartirishga umid paydo qilgan. Oqibatda ular Kiyevga hujumni davom ettirish uchun ruxsat bergan.

Dastlab Germaniya boshchiligidagi bir guruh ittifoqchilar Ukrainaning Rossiyaga zarba berishiga ruxsat berishni istamagan. Ammo Kurskda kutilmaganda Ukraina qo‘li baland kelishi siyosiy vaziyatni o‘zgartirib yuborgan.

Germaniya rasmiylari Ukraina avvalo o‘z hududini himoya qilish huquqiga ega ekanligi, buning uchun esa mamlakatdan tashqarida ham kurash olib borishga to‘g‘ri kelganini aytgan. Bu esa amalda Ukrainaning Rossiyaga bostirib kirishiga ruxsat berilganini anglatadi.

Ukraina xalqaro huquqda mustahkamlangan o‘z-o‘zini himoya qilish huquqiga ega. Bu boradagi harakat faqatgina Ukraina hududi bilan cheklanib qolmaydi”, degan Germaniya tashqi ishlar vazirligi Kurskdagi vaziyatga munosabat bildirib.

Germaniyaning konservativ muxolifatidagi ko‘plab siyosatchilar Ukraina hujumi va Rossiya hududida nemis qurollaridan foydalanilishini qo‘llab-quvvatlagan. Xristian Demokratlar partiyasi vakili Roderich Kiesevetterning Politico nashriga aytishicha, Germaniya tomonidan sovg‘a qilingan qurollar bilan Rossiya ichidagi nishonlarga zarba berish mutlaqo qonuniydir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari hozirda Kursk viloyatining ayrim hududlariga 50 kilometrgacha kirib borgan. Chegara oldi hududlari nazorati to‘liq ukrain brigadalari qo‘liga o‘tgan. G‘arbning bir qator tahlilchilari urush endilikda Rossiya ichkarisida ham davom etishi mumkinligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina rahbariyati Kurskka hujumni davom ettirish uchun G‘arbdan “yashil chiroq” oldi