12:55 / 25.08.2024
38

Isroil Livan hududiga zarba berishni boshladi

Isroil Livan hududiga zarba berishni boshladi
Foto: Reuters
Isroil armiyasi Livanda «Hizbulloh» harakati obyektlariga zarbalar yo‘llaganini ma’lum qildi. Harbiylarga ko‘ra, «Hizbulloh» Isroil hududlari bo‘ylab raketalar uchirishga tayyorlangan, oldini oluvchi zarbalar esa 15 daqiqa oldin berilgan.

«O‘z-o‘zini himoya qilish maqsadida ushbu tahdidlarni bartaraf etish uchun SAHAL Livandagi „Hizbulloh“ harakati tinch aholiga qarshi hujumlar uyushtirmoqchi bo‘lgan terrorchilik obyektlariga zarba bermoqda», — degan Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagari.

Harbiylar Livan bo‘ylab zarbalar berishni boshlagach, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant mamlakatda 48 soat muddatga favqulodda holat rejimi e’lon qilgan. Tel-Aviv xalqaro aeroporti reyslarni qabul qilishni va jo‘natishni to‘xtatgan.

Keyinroq Hagari «harbiy-havo kuchlarning o‘nlab samolyotlari Janubiy Livandagi qator lokatsiyalar bo‘ylab zarba berayotgani»ni aytdi.

Isroil xavfsizlik kabinetining shoshilinch yig‘ilishi chaqirilgan.

SAHAL bayonotidan ko‘p o‘tmay «Hizbulloh» Isroilga dronlar va raketalar orqali keng ko‘lamli hujum boshlaganini ma’lum qildi.

Harakat telegram-kanalida aytilishicha, «Hizbulloh» shu tariqa Bayrutda yaqinda o‘z harbiy qanoti qo‘monboni Fuad Shukr o‘ldirilganiga «dastlabki javob»ni berayotganini bildirdi.

SAHAL ma’lumotiga ko‘ra, Livandan Isroil tomonga 150 dan ortiq dron va raketalar uchib kelgan. «Hizbulloh» esa Isroildagi 11 ta harbiy nishon tomon 320 ta raketa uchirganini e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Livan hududiga zarba berishni boshladi