Foto: “Asstra.uz”
Qo‘shma Shtatlar Tojikistonni Kaspiy dengizi, Osiyo va Kavkaz mamlakatlari orqali Xitoyni Yevropa bilan bog‘laydigan Transkaspiy savdo yo‘li loyihasida ishtirok etishini yoqlaydi. Bu haqda AQSHning Dushanbedagi elchisi Manuel Mikaller ma’lum qildi.
“Biz Tojikistonning Markaziy Osiyoni Kavkaz va Yevropa bozorlari bilan bog‘laydigan Transkaspiy savdo yo‘lida ishtirok etishini qo‘llab quvvatlashda davom etamiz. AQSH va Markaziy Osiyodagi besh hamkorimizni birlashtirgan C5+1 diplomatik platformasi orqali ular bilan yaqinroq hamkorlik qilishga va jahon bozorlariga chiqishga umid qilamiz”, deydi u.
Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi Xitoy, Qozog‘iston, Kaspiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya va Yevropa davlatlari orqali o‘tadi. Temiryo‘l va dengiz transportidan foydalangan holda konteyner tashish amalga oshiriladi.
2022 yilda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel ham YEI Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni, jumladan, Rossiyadan mustaqil bo‘lgan yangi transport yo‘laklarini qurish orqali kengaytirish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»