13:23 / 11.09.2024
186

32 yoshli Selena Gomes nima uchun farzand ko‘rolmasligini aytdi

32 yoshli Selena Gomes nima uchun farzand ko‘rolmasligini aytdi
Selena Gomes farzand ko‘rolmasligini tan oldi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar homilador bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Hech qachon bu haqda gapirmaganman, lekin afsuski, men farzand ko‘rolmayman. Sog‘lig‘imda o‘zimning va bolamning hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan ko‘plab muammolarim bor”, deydi u Vanity Fair nashriga bergan intervyusida.

Ammo Selena ona bo‘lishni xohlaydi. Xonandaning ta’kidlashicha, u surrogat onaga murojaat qilishi yoki bola asrab olishi mumkin.

Hayotim qanday bo‘lishi meni tashvishga solmoqda, lekin baribir ham farzandli bo‘laman”, deya xulosa qildi Gomes.

Hozirda qiz Benni Blanko bilan munosabatda. Juftlik yashirincha unashtirilgan, deb gumon qilinmoqda — paparatssi barmog‘iga unashtiruv uzugini taqqan xonandani suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 32 yoshli Selena Gomes nima uchun farzand ko‘rolmasligini aytdi