16:02 / 13.09.2024
84

Rossiyada sobiq “zamministr” hisobida 329 ming dollardan ortiq pul aniqlandi

Rossiyada sobiq “zamministr” hisobida 329 ming dollardan ortiq pul aniqlandi
Foto: “TASS”
Rossiyada firibgarlikda ayblanayotgan mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari Pavel Popovning hisoblarida 30 million rubldan ortiq mablag‘ aniqlandi.

Tegishli summa Rossiya Tergov qo‘mitasi Bosh harbiy tergov boshqarmasi tergovchilari tomonidan aniqlangan. Bungacha uning 500 million rublli ( 5 million 507 ming dollar) mulki topilgandi. Popov 17 may kuni hibsga olinib, ikki oydan keyin uy qamog‘iga o‘tkazilgandi.

Unga mansab soxtakorligi (Jinoyat kodeksining 292-moddasi 2-qismi) va o‘ta yirik miqdorda firibgarlik (Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi) bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 130 million rubl (1 million 498 ming dollar) qiymatidagi 1,7 ming tonnadan ortiq metall mahsulotlarini o‘g‘irlashda ishtirok etgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi 4 sentyabr kuni Popovga “firibgarlik” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilgan. Sobiq vazir o‘rinbosari o‘z aybini tan olmagan, ko‘rsatma berishdan bosh tortgan va tergov bilan hamkorlik qilishni xohlamagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada sobiq “zamministr” hisobida 329 ming dollardan ortiq pul aniqlandi