Foto: ABC News
Pokistonda 11 ta davlat elchilariga hamrohlik qilayotgan politsiya mashinasi portladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi.
Hodisa 22-sentyabr kuni Xayber-Puxtunxva provinsiyasida sodir bo‘lgan. Oqibatda uch politsiyachi yaralangan, bir nafari halok bo‘lgan.
"Elchimiz shu kolonna tarkibida edi. Na u, na boshqa chet el elchilari zarar ko‘rdi, ular xavf-xatardan xoli. Hamma elchilar Islomobodga qaytishdi. Elchilar Islomobod Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan turizm bo‘yicha konferensiyada ishtirok etish uchun Svat shahriga yo‘l olgan", dedi Smadiyorov.
Pokiston Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, favqulodda holat qo‘lbola portlovchi qurilma tomonidan portlatilgan zamonaviy politsiya mashinasida sodir bo‘lgan. Geo telekanali manbasi delegatsiya tarkibidan Rossiya, Qozog‘iston, Portugaliya, Efiopiya, Indoneziya, Tojikiston, Eron va boshqa davlatlar elchilari bo‘lganini yozmoqda.
Hozircha hech bir terrorchilik guruhi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Hujum allaqachon Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy tomonidan qoralanib, “terrorchi unsurlar nafaqat mamlakat va millatning, balki butun insoniyatning dushmani” ekanini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari