Foto: Getty Images
AQSHning Kaliforniya shtatida yashovchi ikki kishida baylisaskaridoz – “yenot askaridasi” deb ataladigan halqali chuvalchanglarni keltirib chiqaruvchi parazitar kasallik aniqlandi. Bu haqda Los Angeles Times gazetasi xabar berdi.
Los-Anjeles sog‘liqni saqlash departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Baylisascaris procyonis parazitlari Saut-Bey ko‘rfazi aholisida aniqlangan.
Bunday halqali chuvalchanglar uzunligi 23 santimetrga yetadi va ular odatda yenotlarning ichagida yashaydi. Inson organizmiga tushgan lichinkalarning taxminan besh foizi miyaga o‘tib, uni yeya boshlaydi. Oqibatda miya keng ko‘lamda shikastlanib, shish kelib chiqadi.
Baylisascaris procyonis, shuningdek, ko‘z va orqa miyaga kirib, markaziy asab tizimining og‘ir shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Los-Anjeles okrugi hokimiyati kasallangan shaxslar va ularning hozirgi ahvoli haqida qo‘shimcha ma’lumot bermadi. Baylisaskaridoz odamlarda kamdan kam uchrasa-da, Kaliforniyada ko‘plab yenotlar aholi yashash joylariga yaqin hududlarda hayot kechiradi, bu esa kasallik yuqish xavfini oshiradi.
Nashrning ta’kidlashicha, bu parazitni yenotlar axlati bilan ifloslangan tuproq, suv yoki boshqa moddalarni iste’mol qilish orqali yuqtirish mumkin. Baylisaskaridoz kasalligi odamdan-odamga yuqmaydi.
Kaliforniya hukumati fuqarolarni qo‘llarini tez-tez yuvishga, yovvoyi hayvonlar bilan aloqadan qochishga va uy hayvonlaridan ham uzoqroq turishga chaqirdi. Press-relizda, shuningdek, 65 yoshdan oshgan odamlar, bolalar, homilador ayollar va immuniteti pasaygan kishilarda parazitlar bilan zararlanish xavfi yuqori ekani qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»