Mast yenot hayvonlar boshpanasiga 290 ming dollar yig‘ib berdi

1 daqiqa o'qish3
Mast yenot hayvonlar boshpanasiga 290 ming dollar yig‘ib berdi

AQSHda spirtli ichimliklar do‘koniga kirib, bir nechta shishani sindirgan yenot kutilmagan tarzda internet yulduziga aylandi. Qizig‘i, uning mashhurligi tufayli hayvonlar boshpanasi uchun 290 ming dollardan ortiq mablag‘ to‘plandi.

Ma’lum qilinishicha, yenot do‘konga kirib, jami 14 ta shishani sindirgan. Keyin esa hojatxonaga o‘tib, mast holda uxlab qolgan. Ushbu g‘ayrioddiy voqea haqidagi xabar va hayvonning surati ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, ko‘pchilikning e’tiborini tortgan.

Yenotning mashhurligi ortidan uning surati tushirilgan «Trashed Panda» nomli futbolka, xudi va turli esdalik buyumlari savdoga chiqarilgan. Kutilmagan voqea bilan tanilgan hayvonning tasviri tushirilgan mahsulotlarga internet foydalanuvchilari katta qiziqish bildirgan.

Natijada qariyb bir yil davomida 290 ming dollardan ortiq mablag‘ jamg‘arilgan. To‘plangan pullar hayvonlar boshpanasini qo‘llab-quvvatlash va ularni himoya qilish ishlariga yo‘naltirilmoqda.

Shu tariqa, do‘kondagi kutilmagan «sarguzasht»i bilan mashhur bo‘lgan yenot nafaqat internet yulduziga, balki boshqa hayvonlarga yordam berishga hissa qo‘shgan ramzga ham aylandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?