Nyu-York aeroportida kutilmagan mehmon: shiftdan yenot qulab tushdi (video)

1 daqiqa o'qish313
Nyu-York aeroportida kutilmagan mehmon: shiftdan yenot qulab tushdi (video)

Nyu-York shahridagi La-Guardiya aeroportining A terminalida kutilmagan va kulgili hodisa yuz berdi. Spirit Airlines aviakompaniyasi ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasi yonidagi shift plitkasi to‘satdan ochilib, undan yenot pastga qulab tushdi.

Kuzatuv kameralari tasvirlarida qo‘rqib ketgan yenot avval bir necha soniya elektr simlariga osilib qolgani, so‘ng esa polga qulagani aks etgan. Uning kutilmagan paydo bo‘lishi aeroportda haqiqiy sarosimaga sabab bo‘ldi. Yo‘lovchilar va xodimlar qichqiriqlar ostida turli tomonga qochib ketishdi.

Shunga qaramay, voqeadan so‘ng ayrim yo‘lovchilar bu holatni hazil bilan qabul qildi. Ularning aytishicha, yenot zerikarli reys kutish jarayoniga hech bo‘lmaganda qiziqarli kayfiyat bag‘ishlagan.

Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. Yenot ham omon qolgan bo‘lib, uni yovvoyi hayvonlarni tutish xizmati xodimlari qisqa vaqt ichida xavfsiz tarzda ushlab ketishgan.

Aeroport ma’muriyati voqeadan keyin maxsus xizmatni chaqirish bilan cheklandi. Yo‘lovchilarga chegirma, kompensatsiya yoki boshqa imtiyozlar taqdim etilmagan.

Hozircha yenot aeroport binosi shift qismiga qanday kirib qolgani noma’lum. Mutaxassislar buning sabablarini o‘rganmoqda va kelajakda bunday kutilmagan holatlar takrorlanmasligi uchun zarur choralarni ko‘rishmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?