Foto: “Centralasia.media”
Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev tomonidan o‘ldirilgan rafiqasi Saltanat Nukenovaning akasi Aytbek Amangeldi ma’naviy zarar uchun tovon undirilishini talab qildi.
“Marhumaning akasi fojiali voqea oqibatida ruhan azoblangani, sog‘lig‘i yomonlashgani va mehnat qobiliyatini yo‘qotganini ma’lum qildi. Da’voda, shuningdek, jinoyat ishi doirasida yuridik xizmatlar uchun ketgan xarajatlar ham ko‘rsatilgan”, deyiladi xabarda.
Sud qaroriga ko‘ra, singlisining o‘limi Amangeldining ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va uning shaxsiy nomoddiy huquqlari buzilgan. Shu sababli da’vo qisman qanoatlantirilgan.
Bishimbayevga 6 877 672 tenge (14,3 ming dollar) miqdorida jinoyat ishi bo‘yicha qilingan xarajatlar hamda 10 million tenge (20,8 ming dollar) miqdoridagi ma’naviy zarar undirilgan.
Avgust oyida Amangeldi Bishimbayevga nisbatan moddiy zararni undirish va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida yangi da’vo qo‘zg‘atgan. Amangeldi da’vo advokatlar, turar joy va parvozlar uchun sarflangan xarajatlarni qoplash uchun qo‘zg‘atilganini tushuntirgan. Miqdor e’lon qilinmagan.
Advokat Janna Urazbaxovaning ta’kidlashicha, jabrlanuvchi tomonidan e’lon qilingan miqdor qancha ko‘p bo‘lsa, mahkumning muddatidan oldin ozod qilish imkoniyati shuncha kamayadi.
13 may kuni Bishimbayev 24 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. U o‘ta shafqatsizlarcha qotillik sodir etganlikda, shuningdek, turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani qiynoqqa solganlikda aybdor deb topilgan.
2023 yilning 8 noyabr kuni kechqurun Bishimbayev “Bau” restoranida rafiqasi bilan janjallashib qolgan. Erkak avval rafiqasini hojatxonada, keyin esa liftdan chiqishda urgan. Shundan so‘ng, sobiq vazirning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i restoranning VIP kabinasida divanga yotib uxlab qolgan.
Bishimbayev uni pidjagi bilan yopib, yoniga yotib uxlagan. Ertasi kuni Bishimbayev xotinini yotgan joyida tashlab, ish bilan restorandan chiqib ketgan. U 9 noyabr kuni kechqurun Nukenovaning yuzi va tanasi sovuq ekanini payqagach, tez yordam chaqirgan. Shifokorlar ayolning bir kun avval o‘lganini aniqlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi