Foto: AP Photo
Isroilning Livan janubidagi quruqlikdagi operatsiyasining asosiy maqsadi chegaradan taxminan 4,8 km shimolda joylashgan tizmadir. Bu haqda ABC News nashri xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, u yerdan Livan “Hizbulloh” harakati tankka qarshi raketalar bilan Isroilga hujum qilish imkoniyatiga ega. Qayd etilishicha, operatsiya bir necha haftadan ortiq davom etmasligi kutilmoqda.
1 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari Livan janubida quruqlikdagi operatsiya boshlanganini e’lon qilib, maqsad “Hizbulloh” infratuzilmasini yo‘q qilish ekanini ta’kidlagan. Isroil armiyasi Livan janubidagi janglarda to‘qqiz nafar askar halok bo‘lgani haqida xabar bergan.
Isroil xavfsizlik xizmati rasmiysi yangi boshlangan quruqlik operatsiyasi chegarada o‘tkazilayotganini va poytaxt Bayrut tomon oldinga siljish niyati yo‘qligini aytgan edi.
“Gap chegaraga yaqin hududlarda aniq razvedka ma’lumotlariga asoslangan cheklangan, mahalliylashtirilgan, maqsadli chora-tadbirlar haqida ketmoqda”, dedi amaldor operatsiya ko‘lami haqidagi savolga.
Ayni paytda Isroil armiyasining poytaxt Bayrut va Livanning boshqa joylarida takroriy havo hujumlari davom etmoqda. Isroil mudofaa kuchlari “Hizbulloh”ning qurol omborlari, qurol ishlab chiqarish obyektlari va yetakchi jangarilarni nishonga olayotganini aytgan.
Livan janubidagi ko‘plab aholi Isroil armiyasining bombardimon qilish va evakuatsiya qilish buyrug‘i bilan uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi