09:47 / 06.10.2024
14

Adam Qodirov Rossiya Rekordlar kitobiga kiritildi

Adam Qodirov Rossiya Rekordlar kitobiga kiritildi
Foto: Telegram/Ramzan Qodirov
Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov RF subyektlari orasida xavfsizlik xizmatining eng yosh boshlig‘i sifatida Rossiya Rekordlar kitobiga kiritildi.

Qayd etilishicha, tegishli mukofot 4 oktyabr kuni Grozniyda o‘tkazilgan MMA bo‘yicha musobaqada unga topshirilgan. Nashr bosh muharriri Stanislav Konenko, shuningdek, Adam Qodirovga Rossiya Rekordlar kitobini ommalashtirish yo‘lidagi hissasi uchun medal bilan mukofotlagan.

Adam Qodirov o‘ziga topshirilgan mukofotga quyidagicha izoh berdi: «Biz to‘xtab qolish niyatida emasmiz, Axmat — kuch».

2023 yil yozida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam tergov izolatorida Volgogradda Qur’onni yoqib yuborgan Nikita Juravelni kaltakladi. Qodirov do‘pposlash tasvirlarini e’lon qilgan va o‘g‘lining bu ishidan faxrlanishini aytgan edi.

Shundan so‘ng Adam Qodirov bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘ldi, otasining xavfsizlik xizmatida lavozimni egalladi va Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibidagi «Shayx Mansur» bataloniga rahbarlik qila boshladi. Unga Checheniston qahramoni unvoni ham berildi. Dekabr oyida Ramzan Qodirov sud uning o‘g‘lini jazolashga qaror qilmaganini, Checheniston rasmiylari ham bu bilan shug‘ullanmasligi kerakligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Adam Qodirov Rossiya Rekordlar kitobiga kiritildi
ePN