Teylor Svift dunyodagi eng boy ayol xonandaga aylandi

1 daqiqa o'qish277
Teylor Svift dunyodagi eng boy ayol xonandaga aylandi
Amerikalik xonanda Teylor Svift Forbes'ning dunyodagi eng badavlat ayol qo‘shiqchilar reytingida birinchi o‘rinni egalladi, deb yozmoqda “Unian.net” nashri.
Teylor Svift dunyodagi eng boy ayol xonandaga aylandi
Foto: Variety
Sviftning boyligi 1,6 milliard dollarga baholanmoqda. Ushbu summadan taxminan 600 millioni konsertlar va gonorarlardan kelgan, xuddi shuncha miqdor musiqiy albomlardan tushgan daromadlarga to‘g‘ri keladi.

125 million dollar mablag‘ qo‘shiqchining ko‘chmas mulklarga kiritgan sarmoyasiga tegishli. Shuningdek, yulduzning kapitali dunyo bo‘ylab gastrol safarlari, striming platformalaridan tushgan rekord darajadagi daromadlari hamda sotilgan disklaridan kelgan foyda orqali ko‘tarilib bormoqda.

34 yoshli Teylor Svift 1,4 milliard dollar boylikka ega bo‘lgan yana bir mashhur xonanda — Riannani ortda qoldirdi. Forbes nashri qayd etishicha, Teylor Svift joriy yilning aprel oyida butunjahon milliarderlar safiga kiritildi. U o‘tgan yilda beshta qit’a bo‘ylab The Eras Tour gastrol safarlarida bo‘ldi va milliarderlar reytingiga faqatgina qo‘shiqlari va konsert dasturlari asosida kirgan birinchi xonandaga aylandi.

Teylor Sviftning mukofotlari
Teylor Svift dunyodagi eng boy ayol xonandaga aylandi
Foto: “Grammy.com”
Svift daromadi 2,5 milliard dollarga yetgan dunyodagi barcha musiqachilar orasida ikkinchi o‘rinda. U 14 karra “Gremmi” mukofoti sovrindori bo‘lib, ulardan to‘rttasi “Yilning eng yaxshi albomi” nominatsiyasi uchun berilgan. Rolling Stone va Billboard ma’lumotlariga ko‘ra, Teylor Sviftning qo‘shiqlari barcha davrlarning eng yaxshi qo‘shiqlari va albomlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?