To‘yidan oldin Teylor Svift xayriyaga 26 million dollar ajratdi

1 daqiqa o'qish156
To‘yidan oldin Teylor Svift xayriyaga 26 million dollar  ajratdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Jahonga mashhur xonanda Teylor Svift va amerikalik futbolchi Trevis Kelse AQSH bo‘ylab xayriya tashkilotlariga 26 million dollar ajratdi.
  • Bu mablag‘ mamlakatning turli hududlarida faoliyat yurituvchi 20 ta xayriya tashkiloti, jumladan, bolalar shifoxonalari, oziq-ovqat banklari va ta’lim dasturlari o‘rtasida taqsimlandi.
  • Mazkur xayriya aksiyasi ommaviy axborot vositalarida Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden majmuasida o‘tkazilishi aytilgan to‘y arafasiga to‘g‘ri keldi.

Jahonga mashhur xonanda Teylor Svift va amerikalik futbolchi Trevis Kelse kutilayotgan to‘y marosimi arafasida AQSH bo‘ylab xayriya tashkilotlariga 26 million dollar ajratdi. Bu haqda juftlik vakili ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, mablag‘ mamlakatning turli hududlarida faoliyat yurituvchi 20 ta xayriya tashkiloti o‘rtasida taqsimlangan. Ular orasida bolalar shifoxonalari, oziq-ovqat banklari, ta’lim dasturlari va ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar bor. Shuningdek, Neshvill, Kanzas-Siti va Nyu-York kabi juftlik hayoti bilan bog‘liq shaharlardagi tashkilotlar ham ro‘yxatdan o‘rin olgan.

Rasmiy bayonotda to‘y haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri gapirilmagan. Biroq xayriya aksiyasi ommaviy axborot vositalarida Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden majmuasida o‘tkazilishi aytilgan to‘y arafasiga to‘g‘ri kelgani e’tiborni tortmoqda.

E’lon qilingan ro‘yxatga City Harvest, Food Bank For NYC, New York Cares, Los Angeles Regional Food Bank, Harvesters, Feeding America, ASPCA, Dolly Parton's Imagination Library, Grammy In The Schools, Education Through Music va boshqa qator xayriya tashkilotlari kiritilgan.

Teylor Svift qizil kepkali Travis Kelsiga qarab kulimsiramoqda.

Teylor Svift xayriya ishlari bilan avvaldan mashhur. Masalan, Eras Tour gastrol safari yakunlanganidan keyin u jamoasi a’zolariga katta miqdordagi mukofot pullari va shaxsiy minnatdorlik xatlarini taqdim etgan edi.

Avvalroq xonanda The Graham Norton Show dasturida bo‘layotgan to‘yi haqida gapirib, uni keng ko‘lamli va unutilmas tarzda o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytgandi.

Ayni paytda Nyu-Yorkda maxsus tadbir uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Hujjatlarga ko‘ra, avval 100 nafar mehmon ishtirokida tantanaoldi uchrashuvi o‘tkazilishi, asosiy tadbir esa juma kuni kechqurun boshlanib, tonggacha davom etishi rejalashtirilgan.

Muxlislar esa juftlik tomonidan xayriya qilingan 26 million dollar raqamiga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Ular bu son Teylor Sviftning omadli raqami hisoblangan 13ning ikki baravari ekanini ta’kidlab, buni ramziy ishora sifatida baholamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?