Teylor Svift erining tachdaunidan so‘ng nikoh uzugini ko‘rsatdi: “Bu — mening erim!” (video)

Teylor Svift erining tachdaunidan so‘ng nikoh uzugini ko‘rsatdi: “Bu — mening erim!” (video)

Teylor Svift 20 sentyabr kuni Kanzas-Siti shahridagi “Arrowhead Stadium”da bo‘lib o‘tgan amerika futboli uchrashuvida turmush o‘rtog‘i Trevis Kelsini qo‘llab-quvvatladi. “Kansas City Chiefs” “Indianapolis Colts”ga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda Entertainment weekly xabar berdi.

Uchrashuvning birinchi choragida Trevis Kelsi jamoasiga tachdaun olib kelganidan so‘ng, Teylor Svift hayajon bilan o‘rnidan turib, qo‘lidagi nikoh uzugiga ishora qildi. U “Bu — mening erim!” deya xursandchiligini bildirgan.

Xonandaning bu reaksiyasi stadiondagi kameralarga tushib qoldi. Keyinchalik mazkur lahza aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Teylor Svift uchrashuvni ota-onasi hamda qaynonasi Donna Kelsi bilan birga tomosha qilgan. Bu uning Trevis Kelsi bilan turmush qurganidan keyin “Chiefs”ning ikkinchi uy uchrashuviga tashrifidir.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar