16:17 / 12.10.2024
36

Dunyoga mashhur yulduzlarning g‘ayrioddiy uylari (foto)

Dunyoga mashhur yulduzlarning g‘ayrioddiy uylari (foto)
Mashhurlar barchani lol qoldirishni juda yaxshi bilishadi. Ular nafaqat sahnada yoki kamera ortida, balki uy qurishda ham ijodiy yondashadi. Quyida jahonga tanilgan yulduzlarning eng noodatiy shakldagi uylarini birgalikda tomosha qilamiz.

Beyonse va Jay-Z

Foto: Essence
Xonanda Beyonse va Jay-Zga tegishli mazkur uy tashqi tomondan ajralib turmaydi, ammo ushbu ko‘chmas mulkni g‘ayrioddiy deb atash mumkin. Chunki bu uy Kaliforniyada eng qimmat xonadon sanaladi. Yulduzlar oilasi uni 2023 yilning may oyida 200 million dollarga sotib olishgan.

Foto: Dzen
Kengligi 30 ming kvadrat metr bo‘lgan shohona uy Tinch okeani sohilida, mashhur Billionare’s Row hududida joylashgan. Bino yapon arxitektori Tadao Ando tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, uning qurilishi 15 yil davom etgan.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail
Margo Robbi

Foto: The Mary Sue
Qo‘g‘irchoqlar uchun atalgan maxsus uy ko‘plab qizlarning bolalikdagi orzusi bo‘lgan. Barbining pushti rang va plastikdan yasalgan uyi real hayotda ham mavjud.

Foto: Elite

Foto: Elite
Ushbu binodan mashhur “Barbi” filmini suratga olish uchun foydalangan. Uning ichidagi barcha predmetlar, hatto hovuzdagi suv ham plastikdan tayyorlangan. Quyidagi videoda filda bosh rolni o‘ynagan aktrisa Margo Robbi o‘z qahramonining uyiga bo‘ylab sayohat uyushtirgan:

Barbilendda na suv, na olov bor. Bu uydagi hech narsa haqiqiy emas. Barbi xonadonidagi barcha narsa soxta bo‘lishiga qaramay, uy haqiqatan ham go‘zaldir”, deydi Margo Robbi.

Foto: Dzen
Peris Hilton

Aktrisa uyida o‘ndan ortiq kichik o‘lchamdagi zotdor itlarni saqlaydi. Peris itlarni shunchalik yaxshi ko‘radiki, hatto ular uchun alohida qasr shaklidagi uy ham qurib bergan. Itlar yashaydigan uy uchun yulduz 325 ming dollar sarflagan. Bunday mini-saroyni qurishdan asosiy maqsad hayvonlarning xavfsizligi edi.

Foto: Pes world

Foto: Pes world
Avvalroq bir guruh o‘g‘rilar uning chihuahua zotli itini olib ketishgan. Hilton esa ularga katta pul to‘lab kuchukni qaytarib olishga majbur bo‘lgan.

Itlar uchun mo‘ljallangan uyni qurishda menga o‘z uyimning dizayni bilan shug‘ullangan mutaxassis yordam berdi”, deydi yulduz.
Per Karden

Foto: Dzen
Fransiyalik moda dizayneri o‘zidan keyin noyob arxitektura namunasini qoldirdi. Futurizm va avangard namunasi bo‘lgan qabariq uy 1991 yilda modeler Per Kardenning mulkiga aylandi. U vengriyalik arxitektor Antti Lovaga tomonidan ishlab chiqilgan. Turar joy Kann yaqinida, O‘rta Yer dengizi sohilidagi qoyada joylashgan.

Foto: Palais bulles

Foto: Palais bulles

Foto: Palais bulles

Arxitektor g‘oyasiga ko‘ra, uy ibtidoiy odamlarning g‘orlariga o‘xshatib qurilgan. Uy qoplamasi purkaladigan betondan qilingan va pog‘onali tomlardan pastga — hovuzga tushiladi.

Binoning tom qismida amfiteatr bor, uyning o‘zi esa 10 ta yotoqxonadan iborat. Bino 1200 kvadrat metr maydonni egallaydi va uning atrofidagi maydon 8500 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Foto: Palais bulles
Naomi Kempbell

Foto: Dzen
Turkiyaning Sedir orolida supermodelning Villa Ojo de Horus nomli noyob dizayndagi eko-uyi bor, uy yarim shar shaklida qurilgan bo‘lib, uning konturlari yuqoridan qaraganda Misr xudosi Horus ko‘zining chizilgan rasmini takrorlaydi. Afsonaga ko‘ra, mazkur ramz Yer yuzidagi va keyingi hayotdagi ofatlardan himoya qiladi.

Foto: Dzen
Uyning ichki qismi ekologik jihatdan qulay va avtonomdir: atroda ko‘plab yashil o‘simliklar va daraxtlarni ko‘rish mumkin.

Foto: Dzen
Jon Travolta

Foto: Dzen
Jon Travoltaning mazkur ko‘chmas mulki “aeroport uy” sifatida ham tanilgan. Samolyotlarni kolleksiya qilish aktyorga aeroport hududidan yer sotib olishga va u yerda turar joy majmuasi qurishga turtki bo‘lgan. Kimdir hovlida mashinasi bilan kirib kelsa, Jon samolyotda uchib keladi. U amerikancha uy va aeroport terminali birlashtirilgan loyihani shaxsan o‘zi ishlab chiqqan.

Foto: Claim Out
Uyda boshqaruv markazi, ekipaj uchun kabina va uyning kirish qismida samolyotlar turadigan maydon ham mavjud. Uyning yonida ikkita uchish-qo‘nish yo‘laklari bor. Hududning avvalgi egasi Jumbolair Aviation Estates bo‘lgan.

Dunyo, Mashhur yulduzlar, G‘ayrioddiy uylar, Noodatiy shaklda, Misr xudosi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoga mashhur yulduzlarning g‘ayrioddiy uylari (foto)