Foto: Designboom
Saudiya Arabistonida kub shaklidagi “Mukaab” nomli osmono‘par bino qurilishi boshlandi. U nafaqat Ar-Riyodda, balki butun dunyodagi eng katta binoga aylanishi kutilmoqda, deb yozadi Europa Plus.
Hozirda binoning poydevorini qurish ishlari yakuniga yetgan. Loyihaga ko‘ra, “Mukaab” har bir devorining uzunligi va balandligi rekord darajadagi 400 metrni, butun obyektning maydoni esa 19 kv/km ni tashkil qiladi.
Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus
Binoning markazida shiftgacha yetadigan spiral shaklidagi minora bo‘ladi. Uning atrofida do‘konlar, sayyohlik markazlari, Oxygen futuristik porti, The Line yashil zonasi, toshbaqa shaklidagi Pangeos kurort layneri bo‘lishi rejalashtirilgan.
Foto: Arabian business
Foto: Arabian business
Ko‘rinishidan bu loyiha oddiy binoga o‘xshaydi, aslida “Mukaab” ulkan reja bo‘lib, boshqa poytaxtlar kabi Ar-Riyoddagi global va diqqatga sazovor joylarni birlashtiradigan poytaxtning markaziy obyekti bo‘ladi, deydi loyiha bosh direktori Maykl Dayk.
Foto: Europa Plus
“Mukaab” binosi Vision-2030 strategiyasi doirasidagi yangi dam olish klasteri — New Murabba'ning markaziy qismi bo‘ladi. Qurilish maydonida har kuni 900 ga yaqin ishchi mehnat qilmoqda. Loyiha Kanadaning AtkinsRéalis developer kompaniyasi tomonidan boshqariladi. New Murabba Development Company davlat qurilish kompaniyasi esa loyihani moliyalashtirish uchun javobgardir.
Foto: Bloomberg
New Murabba'ning konsepsiyasi shahar ichidagi shahardir. Unda barcha funksional va ko‘ngilochar joylar, jumladan, 45 ming o‘rinli stadion ham joylashadi. Qurilish ishlari 2030 yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya endi o‘zining milliy xavfsizlik masalalarini boshqalar bilan muvofiqlashtirmaydi”
Zelenskiy: “AQSH siyosati o‘zgarsa, Ukraina uchun juda qiyin bo‘ladi”
Pentagon sobiq maslahatchisi: Ukraina 2025 yil Rossiyaga qarshi urushda yengilishi mumkin
Ramzan Qodirov: “Chechenistondagi dron hujumi oqibatida ukrainalik asirlar halok bo‘ldi”
Rossiya qo‘shinlari Xarkiv markazidagi YUNESKO obyektiga havo hujumi uyushtirdi
Elchi: Zelenskiyning BRIKS sammiti haqidagi so‘zlari “haqiqatdan yiroq”
O‘zbekistonda autstaffing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi
Rodri “Oltin to‘p”ga aslida kim olishi kerakligini aytdi