Foto: RIA Novosti
Rossiya Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Boris Chernishov mamlakatda tug‘ilish darajasini oshirish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘rtasida Butunrossiya lotereyasini o‘tkazishni taklif qildi. Uning tashabbusiga ko‘ra, lotereya doirasida xonadonlar, avtomobillar va maishiy texnikalarning oylik o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin.
«Gap Rossiyada tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun butun Rossiya lotereyasini o‘tkazishda. Masalan, Rossiyaning yangi tug‘ilgan fuqarolari o‘rtasida har oyda 10 ta xonadon, 100 ta avtomobil va 1000 ta uy jihozlari to‘plamini lotereya sifatida o‘tkazish», dedi Chernishov RIA Novosti bilan suhbatda.
Vitse-spiker so‘zlariga ko‘ra, lotereyada ishtirok etish FHDYO ma’lumotlari asosida avtomatlashtirilishi mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, shunga o‘xshash loyihalar allaqachon mahalliy darajada - Leningrad viloyati va Xabarovskda amalga oshirilgan.
Avvalroq, Rossiyada tug‘ilish koeffitsiyenti rekord darajada past — 1,4 miqdorga tushib qolgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat aholisi bir xil darajada saqlanib turishi uchun ushbu koeffitsiyent 2,2 miqdorida saqlanib turishi lozim.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov demografik vaziyatga baho berib, «Biz dunyoning eng katta davlatida yashaymiz. Biroq yildan yilga kamaymoqdamiz», degan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?