Foto: Reuters
Floridada AQSH prezidentligiga saylovda ovoz berganidan so‘ng matbuotga bergan intervyusida Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonishiga “ishonchi komil” ekanini aytdi.
“O‘zimga ishonchim komil. Eshitishimcha, biz hamma joyda yaxshi natijalarga erishyapmiz”, deydi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu o‘tkazgan uchta kampaniya ichida “eng yaxshisi”.
“G‘alabani tasdiqlash uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi”, deya ta’kidlagan u.
Tramp “pullarning hammasini mashinalarga sarflanganini” inobatga olib, natijalarni hisoblashda uzoq vaqt ketishidan shikoyat qilgan va natijalar tezda e’lon qilingan Fransiya saylovlarini namuna sifatida qayd etgan.
Hozir AQSHda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Demokratik partiyadan vitse-prezident Harris, Respublikachilar partiyasidan esa sobiq prezident Tramp vakillik qilmoqda.
Polymarket bukmekerlik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish ehtimoli 61 foizni tashkil etadi.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Trampning prezidentlik uchun kurashdagi raqibi Kamala Harrisning imkoniyatlari 39 foizga baholanmoqda. Oq uy sobiq rahbarining g‘alabasiga tikilgan pullar miqdori qariyb 1,3 milliard dollar, amaldagi vitse-prezidentniki esa 808 million dollardan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."