Foto: Reuters
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida 24 noyabr kuni otishma yuz berdi, xavfsizlik xizmatining uch xodimi yaralandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yaradorlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hujum sodir etgan shaxs Amman shahridagi Rabia tumanida politsiya patrulini o‘qqa tutgan. Huquq-tartibot xodimlari javob o‘ti ochib, jinoyatchini yo‘q qilgan.
Politsiya otishma yuz bergan Rabia tumanini o‘rab olgan, elchixonaga olib boruvchi yo‘llar yopilgan va mahalliy aholi xavfsizlik nuqtayi nazaridan uylaridan chiqmaslikka chaqirilgan. Xavfsizlik xizmati xodimlari hodisaga aloqador shaxslarni qidirmoqda.
Isroil elchixonasiga qilingan hujumlar
G‘azo sektorida urush boshlanganidan so‘ng, dunyoning turli mamlakatlaridagi Isroil diplomatik vakolatxonalariga bir necha marta hujumlar uyushtirildi. Jumladan, oktyabr oyida Daniya va Shvetsiyada Isroil elchixonalari yaqinida portlashlar va otishmalar yuz berdi.
Sentyabr oyida Myunxendagi Isroil bosh konsulxonasi atrofida otishma sodir bo‘ldi. Iyun oyida esa Belgradda Isroil elchixonasini qo‘riqlayotgan serb politsiyachisiga bir kishi arbaletdan o‘q uzdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi