Qirg‘izistonda korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi doirasida, 2020-2024 yillarda davlat g‘aznasiga 125 milliard dollar mablag‘ qaytarildi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyev ma’lum qilgan.
Q.Tashiyev o‘z so‘zida korrupsiyaga qarshi kurash davom ettirilishi va bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan barcha shaxslar jazolanishini ta’kidlagan.
«Ilgari korrupsionerlar jarima bilan qutulib qolar, ozodlikda yurar edi. Ammo yangi qonun qabul qilingach, ular jarima to‘lab qolmay, qamoq jazosini ham o‘taydi», – degan MXDQ raisi.
Siyosatshunos Arkadiy Dubnov korrupsiyaga qarshi kurash doirasida davlatga bu qadar katta miqdorda mablag‘ qaytarilishini «hayratomuz yutuq» deb atagan. Unga ko‘ra, Qirg‘iziston davlat budjeti 2024 yilda 7,6 milliard dollarni tashkil qilgan. Shu tariqa huquq idoralari korrupsionerlardan yillik budjetdan 17 baravar ko‘p mablag‘ qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari MXDQ raisiga qarshi suiqasd qilishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi.
Ikki hafta muqaddam esa Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi hokimiyatni egallash rejasida gumon qilingan yetti nafar shaxs qo‘lga olingani haqida axborot bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi