Foto: politis.com.cy
Politis nashri Kipr rasmiylari tomonidan «oltin» pasportlari bekor qilingan 77 nafar tadbirkor ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida bir qancha rossiyalik va ukrainalik milliarderlar ham bor. Ularning oila a’zolariga berilgan pasportlar ham bekor qilingan.
Jumladan, ro‘yxatda «Rusal» asoschisi Oleg Deripaska, «Merkuriy» kompaniyalar guruhi egasi Igor Kesayev, «Probiznesbank» sobiq egasi Aleksandr Jeleznyak va «Safmar» guruhining asosiy aksiyadori Mixail Gutseriyev bor, ularning barchasi rossiyalik. Shuningdek, ro‘yxatga ukrainalik tadbirkor Igor Kolomoyskiy, UkrLandFarming agroxolding egasi Oleg Baxmatyuk va boshqalar ham kiritilgan.
Politis nashri pasportni bekor qilishning uchta asosiy sababini keltirdi: pasport olish jarayonida yolg‘on bayonotlar va noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishi, jinoiy o‘tmishga ega investorlar, fuqarolikka qabul qilish shartlariga rioya etmaslik.
20 nafar investor o‘z vatanida korrupsiya, fitna, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, o‘zlashtirish, firibgarlik va pul yuvish, jinoiy tashkilotda ishtirok etish va noqonuniy qimor o‘yinlari bilan bog‘liq operatsiyalarda ayblangan, deb yozdi Politis.
Kipr «oltin pasport» dasturi mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritgan shaxslarga beriladigan imtiyozli vizani nazarda tutar edi. Chet el fuqarosi ushbu mamlakat iqtisodiyotiga 2,5 million yevro sarmoya kiritib, Kipr fuqaroligini olishi mumkin edi. Kipr hukumati «oltin pasport»ga da’vogarlarning kelib chiqishini yetarli darajada tekshirmagani uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan bir necha bor tanqid qilingan. Dastur 2020 yil noyabrida to‘xtatildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Rossiya banki rublning qulashi fonida 2024 yil oxiriga qadar valyutalar xarididan voz kechdi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi