Dunyoda milliarderlar soni keskin ko‘paydi

Dunyoda milliarderlar soni keskin ko‘paydi

Dunyoda milliarderlar soni 2025 yilda rekord darajada ko‘payib, 3 795 nafarga yetdi. Bu bir yilda 8,2 foizlik o‘sishni anglatadi. Bu haqda “Altrata” kompaniyasining joriy yilgi “Billionaire Census” hisobotida ma’lum qilingan.

Milliarderlarning jami boyligi ham bir yilda 12,8 foizga oshib, rekord darajadagi 15,1 trillion dollarga yetgan. So‘nggi o‘n yilda esa ularning soni qariyb 60 foizga ko‘paygan.

Hisobotga ko‘ra, milliarderlar boyligining o‘sishida sun’iy intellektga yo‘naltirilgan investitsiyalar muhim rol o‘ynagan. Xususan, milliarderlar boyligiga eng katta hissa qo‘shuvchi 150 ta kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 2024–2025 yillarda sun’iy intellektga sarmoya kiritmagan kompaniyalarga nisbatan 23 foiz tezroq o‘sgan.

Milliarderlar soni bo‘yicha AQSH 1 265 nafar bilan birinchi o‘rinda. Xitoyda 363 nafar, Germaniyada 221 nafar, Hindistonda esa 191 nafar milliarder bor.

Hududlar kesimida Shimoliy Amerika 1 337 nafar milliarder bilan yetakchilik qilmoqda. Yevropada 1 081 nafar, Osiyoda esa 881 nafar milliarder istiqomat qiladi.

Shuningdek, keyingi o‘n yilda milliarderlar tomonidan 6,6 trillion dollarlik boylik meros qilib qoldirilishi kutilmoqda. Bundan qariyb 5 ming nafar voris — milliarderlarning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetgan farzandlari manfaat ko‘rishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar