Foto: Videodan kadr
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ostona shahriga tashrifi chog‘ida ko‘chadagi ekranda Rossiya bayrog‘i o‘rniga Ukrainaniki paydo bo‘ldi. Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 27 noyabr kuni sodir bo‘lgan va tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. LED-ekran tez orada o‘chirilgan, u 28 noyabr kuni ham ishlamayapti. Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi reklama konstruksiyasi “Keruen Media” MCHJga tegishli ekanini aytdi.
"Hozirda hodisaning barcha ehtimoliy variantlari, jumladan, texnik nosozliklar bilan bog‘liq taxminlar, shuningdek, kompaniya uskunalarining ishlashi jarayonlariga tashqi noqonuniy aralashuv ehtimoli ko‘rib chiqilmoqda", deyiladi xabarda.
Politsiya aybdorlar javobgarlikka tortilishiga va’da berdi. Qozog‘iston Davlat texnik xizmati esa LED-ekran xakerlar hujumi oqibatida buzilganini ma’lum qildi.
"27 noyabr kuni Ostonadagi LED-ekranlardan birida ko‘rsatilayotgan bayroq tasvirining qisqa muddatga o‘zgartirilishi holati qayd etildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum proksi-serverlardan foydalangan holda xorijiy IP-manzillardan amalga oshirilgan", deyiladi xabarda.
Boshqarma hozirda buni aniqlash uchun “kompleks texnik chora-tadbirlar o‘tkazilayotgani”ni ma’lum qildi.
Putin 27 noyabr kuni Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan keldi. U Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi.
Bugun, 28 noyabr kuni Ostona shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda tashkilotga a’zo davlatlarning yetakchilari qatnashmoqda. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan unda ishtirok etishdan bosh tortgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)