Suriya demokratik kuchlari Dayr-az-Zur va Abu Kamol shaharlariga kirdi

1 daqiqa o'qish170
Suriya demokratik kuchlari Dayr-az-Zur va Abu Kamol shaharlariga kirdi
Foto: AP
Suriya Demokratik kuchlari (SDF) kolonnalari mamlakat sharqidagi, avval Asad rejimi nazorati ostida bo‘lgan Dayr-az-Zur va Abu Kamol shaharlariga kirdi. Natijada, «Hizbulloh» va boshqa eronparast guruhlar uchun ta’minot yo‘lagi to‘sib qo‘yildi. Avvalroq, Suriya rejimi kuchlari Damashqni isyonchilardan himoya qilishga e’tiborni qaratish uchun hududni tark etgani haqida xabar berilgan edi.

Dayr-az-Zur va Abu Kamol shaharlari 2017 yil noyabr oyida Suriya rejimi kuchlarining Rossiya aviatsiyasi va «Vagner» XHK ko‘magida o‘tkazgan yirik harbiy amaliyoti natijasida Bashar Asad nazorati ostiga o‘tgan edi. Uzoq vaqt davomida ISHID jangarilari nazorati yoki qamalida bo‘lgan bu shaharlar Eron, Iroq, Suriya va Livanni bog‘laydigan quruqlikdagi strategik yo‘lak bo‘lgani uchun Suriyaning sharqiy viloyatlari uchun kurashning asosiy nuqtalariga aylandi.

Suriya demokratik kuchlari (SDF) — AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya ko‘magida ISHID jangarilariga qarshi kurashish uchun kurd militsiya bo‘linmalari asosida tuzilgan koalitsiya bo‘lib, uning tarkibiga arab, ossuriya, turkman va boshqa tuzilmalar ham kiradi. SDF asosini kurdlarning Xalq mudofaasi bo‘linmalari (YPG) va Ayollar mudofaa bo‘linmalari (YPJ) tashkil etadi – ularning koalitsiyadagi ishtiroki boshqa etnik va diniy guruhlar vakillarini jalb qilishga imkon berdi, bu esa harakatga yanada kengroq tus berdi. SDF Suriyani ISHID jangarilaridan ozod qilishda, jumladan Raqqa jangi va sharqiy Dayr-az-Zur viloyati kabi yirik janglarda asosiy kuchga aylandi. SDF eronparast jangarilar va Turkiyaning Suriya shimolidagi operatsiyalariga ham qarshi turadi va bu uni Suriya mojarosining markaziy kuchlaridan biriga aylantiradi.

Oxirgi kunlarda Amerika aviatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan SDF safidagi arab jangarilari Furot daryosining chap qirg‘og‘idagi eronparast tuzilmalar nazoratidagi bir qancha aholi punktlariga hujum qilgani ma’lum bo‘ldi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?