23:30 / 11.12.2024
8

Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi

Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Foto: AP
Suriyaning Qordaha shahrida olomon sobiq prezident Bashar Asadning otasi Hofiz Asad maqbarasiga bostirib kirib, uning jasadi bo‘lgan tobutga o‘t qo‘ydi.

Al Arabiya telekanalining aniqlik kiritishicha, ushbu maqbarada Asad oilasining boshqa a’zolari, jumladan Basharning akasi Basil ham dafn etilgan.

Hofiz Asad 1930 yilda alaviy mazhabi vakillari yashaydigan Lazqiya viloyatining Qordaha shahrida tug‘ilgan. U davlat to‘ntarishi oqibatida hokimiyatga kelgan va 1971 yildan 2000 yil vafotigacha Suriya prezidenti bo‘lgan.

2011 yilda Bashar Asad tinch demokratiya tarafdori qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha bostirgan. Bu esa vayronkor fuqarolar urushini keltirib chiqargan edi. Urush natijasida yarim milliondan ortiq odam halok bo‘lgan va yana 12 million kishi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi”, deyiladi BBC xabarida.

U Suriyadagi diniy ozchilikni tashkil etuvchi alaviylar oilasida tug‘ilib o‘sgan. Alaviylarning asosiy aholi markazi Turkiya chegarasi yaqinidagi O‘rta yer dengizi sohilidagi Latakiya viloyatida joylashgan.

Mamlakat aholisining taxminan 10 foizini tashkil etuvchi ko‘plab alaviylar Asadlar uzoq vaqt hokimiyatda bo‘lganida ularning qat’iy tarafdorlari bo‘lgan. Endilikda ularning aksariyati g‘olib isyonchilar tomonidan nishonga olinishidan xavotirda.

Hofiz Asad
Hofizning o‘rnini to‘ng‘ich o‘g‘li Basil egallashi kerak edi, biroq u 1994 yilda avtohalokatda vafot etdi. Shundan so‘ng, Hofiz ikkinchi o‘g‘li Basharni o‘zining vorisi etib tayinladi. U akasi vafotidan keyin Londondan Suriyaga qaytarildi.

Bashar Asad Suriyani 2024 yil dekabrigacha boshqardi va 13 yildan ortiq davom etgan fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragach, mamlakatni tark etdi.

Hayat Tahrir al-Sham (HTSH) islomiy guruhi boshchiligidagi isyonchilar Suriya bo‘ylab yashin tezligida hujum qilib, Asad sulolasining 54 yillik hukmronligini ag‘dardi. Bashar al-Asad Rossiyaga qochib ketdi va u yerda oilasi bilan boshpana oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi