Jurnalistlar Ukrainadagi “Oreshnik”raketasi qismlarini suratga olmoqda
Foto: AFP
Pentagon ogohlantirishicha, Rossiya Ukrainaga yangi o‘rta masofali “Oreshnik” ballistik raketasi bilan qayta hujum qilishi mumkin. AQSH Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Sabrina Singx Amerika razvedkasiga tayanib, zarba “yaqin kunlar ichida” berilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin yana bir “Oreshnik” raketasini uchirishni niyat qilganini oshkora aytganini eslatib o‘tdi. Boshqa tafsilotlar, xususan, Vashingtonda rejalashtirilgan zarbaning aniq sanasi va joyi ma’lum qilinmadi.
Bayonotda, shuningdek, Ukraina ham, Rossiya Federatsiyasi ham jang maydonida ustunlikka erishishga urinayotgani, bu urushni tugatish bo‘yicha mumkin bo‘lgan muzokaralarda vosita bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
AQSH “Oreshnik”dan foydalanishni jangovar harakatlardagi burilish nuqtasi deb hisoblamasa-da, Singx rossiyaliklarning “Ukrainani qo‘rqitish uchun o‘z ixtiyoridagi barcha qurollardan foydalanishga urinayotganini” qo‘shimcha qildi. Singx Rossiyaning harbiy tajovuzidan himoyalanayotgan Ukraina hamon AQSH va butun dunyodagi boshqa hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishi mumkinligini alohida qayd etdi.
Taganrogga ATACMS zarbasi
11 dekabr kuni Ukraina armiyasi Rossiyaning Taganrog shahridagi harbiy aerodromga raketa zarba bergani haqida xabar berilgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi hujum Amerikaning oltita uzoq masofali ATACMS raketasi yordamida amalga oshirilganini ma’lum qildi. Moskvaning ta’kidlashicha, ikkita raketa “Pansir” zenit-raketa majmuasi tomonidan yo‘q qilingan, qolganlari esa radioelektron kurash vositalari bilan yo‘nalishdan og‘dirilgan.
ATACMS raketasining qoldiqlari
Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Mudofaa vazirligi xabar berishicha, raketa parchalarining tushishi natijasida harbiy xizmatchilar jarohat olgan, lekin vayronagarchilik yuz bermagan. Vazirlik, shuningdek, bu hujum “javobsiz qolmasligini va tegishli choralar ko‘rilishini” qo‘shimcha qilgan.
Rossiya “Oreshnik”ni ilk bor 21 noyabrda Dneprga zarba berishda qo‘llagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Isyonchilar Damashq qamoqxonasida kutilmagan holatga duch kelishdi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?