Foto: AP
Ukrainaning g‘arbiy hududlari keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Rossiya armiyasining eng ommaviy hujumiga duchor bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’lum qildi.
G‘arbiy Ukrainaga hujum
“13 dekabr kuni ertalab Prikarpatiya keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri eng yirik hujumga duchor bo‘ldi. Tongda dushman dronlar va qanotli raketalardan foydalandi. Muhim infratuzilma obyektlari nishonda turibdi”, dedi Ivano-Frankovsk viloyat harbiy boshqarmasi rahbari Svetlana Onishuk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, biroq raketalarning bir qismi o‘z maqsadiga erishgan.
“Dushman viloyatimizdagi energetika obyektlariga hujum qildi! Xayriyatki, hozirda jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q”, dedi Lvov viloyat harbiy boshqarmasi rahbari Maksim Kozitskiy.
Uning qayd etishicha, mintaqada o‘qqa tutilishi munosabati bilan elektr ta’minotidagi uzilishlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Ukrainaning Kirovograd va Ternopil viloyatlari harbiy ma’muriyatlari rahbarlari ham o‘qqa tutilgani haqida xabar bergan.
Ukraina Energetika vazirligi xabar berishicha, bu mamlakatning fuqarolik energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi joriy yilda amalga oshirilgan 12-yirik hujum bo‘ldi.
Bugungi kunda energiya ta’minotida qo‘shimcha cheklovlar joriy etilgan. Bugun energiya ta’minotiga qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi. DTEK energetika xoldingi issiqlik elektr stansiyalariga hujum qilingani va uskunalarga jiddiy zarar yetkazilgani haqida xabar berdi. Biroq bu qaysi hududda sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aniqlik kiritishicha, birgina 13 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukrainaga qarata 93 ta raketa, jumladan qanotli va ballistik raketalar, shuningdek, 200 ga yaqin dronlar uchirgan.
“81 ta raketani tutib olish mumkin bo‘ldi, ulardan 11 tasi F-16 qiruvchi samolyotlari yordamida urib tushirildi”, dedi Ukraina prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Dronlar urush haqidagi tasavvurni qanday o‘zgartirdi?
“Yil odami-2024” uchun kimlar da’vogarlik qilmoqda?
Energetika vaziri iqtisodchi-bloger ustidan IIV va prokuraturaga shikoyat arizasi yozdi